Tasnif
Ustki kiyimlar kundalik foydalanishda tashqi ta’sirlarga ko‘proq duch keladi. Yomg‘ir, chang, qor va turli ifloslanishlar natijasida matoda dog‘lar va yoqimsiz hidlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa kiyimning ko‘rinishi va sifatiga ta’sir qiladi.
Bizning professional himchistka xizmatimiz ustki kiyimlarni zamonaviy texnologiyalar va maxsus tozalash vositalari yordamida chuqur va ehtiyotkorlik bilan tozalaydi. Kurtka, palto, jilet, trench va boshqa ustki kiyimlar matosiga zarar yetkazmasdan dog‘lardan tozalanadi, dezinfeksiya qilinadi va sifatli qadoqlanadi.
Natijada kiyimlaringiz toza, yangilangan va uzoq muddat xizmat qilishga tayyor holatda sizga qaytariladi.




